Sport | 08:02 / 09.08.2017
18014
1 daqiqa o‘qiladi

Mourino UYeFA Superkubogida olgan medalini notanish bolaga sovg‘a qildi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasi UYeFA Superkubogi uchun "Real"dan mag‘lubiyatga uchragandan keyin olgan medalini hech bir afsuslanishsiz bir notanish bolaga hadya qilib yubordi.

U bu haqda o‘yindan keyingi matbuot-anjumanda so‘zlab berdi. 

"Medallar men uchun hattoki g‘alabalardan keyin ham katta ahamiyatga ega emas, mag‘lubiyatdan keyin esa umuman ahamiyatsizdir. Men "MYu" futbolkasidagi bir bolani ko‘rib, medalni unga sovg‘a qildim. Men bu bola kimligini bilmayman, biroq u uchun bu butun umrga xotira bo‘lib qoladi", deb aytdi Mourino. 

Eslatib o‘tamiz, superkubok uchun kechgan uchrashuv madridliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mavzuga oid