Jamiyat | 18:55 / 09.08.2017
20354
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Joli va Pitt ajrashish fikridan qaytishdi

Hollivudlik aktyorlar Anjyelina Joli va Bred Pitt go‘yoki ajralish fikridan voz kechishgan. Bu haqda US Magazine xabar tarqatdi.

Nashrning yozishicha, er-xotinlar, ehtimol, “to‘la birlashish” yo‘lidalar.

Joli va Pitt qariyb bir yil muqaddam ajralish haqida ma'lum qilishgandi. Manba so‘zlariga ko‘ra, endilikda aktrisa o‘z qarori to‘g‘ri bo‘lganiga shubha qilmoqda. Unga, xususan, erining yaxshilanishga bo‘lgan sa'y-harakati ta'sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

Bildirilishicha, er-xotinlar bir necha oydan beri ajrashish bo‘yicha aniq bir qarorni qabul qilmayaptilar. “Ular hozir buni qiladilar, deb hech kim o‘ylamayapti ham”, - deya qayd etgan manba.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agarda Pitt va Joli ajrashishdan bosh tortib, vaziyat ustida yana bir bora o‘ylab ko‘rish haqida ma'lum qilishsa, bu hayratlanarli yangilik bo‘lmaydi.

Avvalroq Anjyelina Joli Bell falajidan aziyat chekkani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid