Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orenburg yaqinida o‘zbekistonlik fuqarolar bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchradi, ikki kishi halok bo‘lgan
Rossiyaning Orenburg viloyatida mikroavtobusning yengil avtomobil bilan to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, besh inson shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda Rossiya FVVning mintaqa bo‘yicha bosh boshqarmasi saytida xabar berilgan.
YTH Orenburg tumanidagi Nijnyaya Pavlovka — Xolodniye Klyuchi avtomobil yo‘lining 12-kilometrida yuz bergan.
«Ma'lumotlarga ko‘ra, YTH natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, besh inson Orenburg tumani markaziy shifoxonasiga olib ketildi. Yana yetti shaxs Pirogov nomidagi shahar klinik kasalxonasiga tekshiruvdan o‘tkazish uchun yetkazildi», - deya xabar berishgan qutqarish xizmatidan.
Ta'kidlanishicha, voqea joyiga viloyat gubernatori Yuriy Berg va FVVning mintaqadagi bosh boshqarmasi rahbari yetib borgan.
RIA «Novosti»’ning mintaqa tezkor xizmatlaridagi manbaga asosan xabar berishicha, mikroavtobusda, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025