Pxenyanda BMT sanksiyalarining kuchaytirilishiga qarshi katta miting bo‘lib o‘tdi
Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda BMTning KXDRga nisbatan sanksiyalari kuchaytirilishiga qarshi ko‘p ming sonli miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. BMT sanksiyalarni ikkita qit'alararo ballistik raketa uchirilganiga javoban kuchaytirdi.
KXDR hukumati miting doirasida Kim Ir Sen maydonida yig‘ilganlar uchun yangi sanksiyalar bo‘yicha bayonot bilan chiqib, AQSh va ularning ittifoqchilarini sanksiya rezolyutsiyasini yo‘q joydan keltirib chiqarish hamda BMTga bosim ko‘rsatishda aybladi.
5 avgust kuni BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish uchun ovoz berdi. Bu ushbu davlat ikkita qit'alararo ballistik raketani uchirganiga javoban amalga oshirildi. Shimoliy Koreya ittifoqdoshlari – Rossiya va Xitoy ham “Ha” deb ovoz bergan.
Avvalroq KXDR BMT XK sanksiyalariga javoban «jismoniy harakatlar» bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024