Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada garajning ichida narkolaboratoriya tashkil qilgan o‘zbekistonlik 9 yilga qamaldi
Boshqirdistonda garajning ichida narkolaboratoriya tashkil qilib, u yerda 92 tup nasha giyohvandlik vositasini sotish maqsadida yetishtirgan o‘zbekistonlik fuqaro 9 yil va 4 oylik qattiq rejimdagi koloniya jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi seshanba kuni xabar qilgan.
Aniqlanishicha, ushbu shaxs fevralda Alsheyevsk tumanining Rayev qishlog‘idagi garajni ijaraga olgan. So‘ng bu yerda giyohvandlik vositasini yetishtirish uchun maxsus yoritish qurilmalari, gazli va ultrabinafsha chiroqlar, harorat o‘lchagichlar, taymerlar sotib olgan. Shu tariqa, u 92 tup nashani sotish maqsadida yetishtirgan.
"Sud erkakni 9 yil va 4 oyga qattiq rejimdagi axloq tuzatish koloniyasiga mahkum etdi", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:10 / 28.04.2025
O‘zbekistonda Boshqirdiston kompaniyalarini joylashtirish uchun qo‘shma texnopark tashkil etiladi
10:50 / 12.03.2025
Farg‘onada narkolaboratoriya fosh etildi
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
18:53 / 15.10.2024