Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Shimoliy Koreyadagi raketalarni uchirish maydonchalariga ogohlantiruvchi zarba berishga tayyorlandi
Pentagon Shimoliy Koreya hududidagi raketalarni uchirish maydonchalariga ogohlantiruvchi zarba berishni ko‘zda tutuvchi maxsus rejani tayyorladi. Bu haqda yuqori martabali amerikalik harbiylarga iqtibos keltirgan holda NBC telekanali xabar bermoqda.
Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, "rejani amalga oshirishda AQSh harbiy-havo kuchlarining Guam orolidagi "Andersen" bazasida joylashgan B-1B og‘ir strategik bombardimonchilari muhim bo‘g‘in bo‘ladi". Ayni vaqtda bazada bunday samolyotlardan 6 tasi bor, ular avvalroq AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiyaning Koreya yarimorolidagi birgalikdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.
10 avgustda Pxenyan AQShning Guamdagi bazasiga yondosh hududlarga hujum qilish tahdidini takrorlagan va AQShni ogohlantirish maqsadida 4 ta "Xvason-12" ballistik raketasi uchirmoqchiligini aytgan.
Ma'lum qilinishicha, raketalar Yaponiyaning Simane, Xirosima, Koti prefekturalari hududi ustidan 3 ming 356 km lik mafosani bosib o‘tib, AQShning Andersen bazasidan 30-40 km uzoqlikda tushishi kerak. Ushbu rejaning ishlab chiqilishi avgust o‘rtasigacha yakunlanadi.
AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreyani kutayotgan "misli ko‘rilmagan olov va g‘azab" haqidagi tahdidlari Shimoliy Koreya bayonotida "to‘liq safsata" deb atalgan. Unda, shuningdek, bunday "aqlini yo‘qotgan odam bilan muloqot qilish befoydaligi, bunday odam faqat kuchni tushunishi" ta'kidlab o‘tilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025