Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida ilgari sudlangan shaxs yana eski ishlarini davom ettirayotganida qo‘lga olindi
Sergeli tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida joriy yilning 8 avgust kuni Sergeli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan ilgari narkotik modda iste'mol qilib va saqlab sudlangan shaxs eski ishlarini yana davom ettirayotganida qo‘lga olindi.
Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Sergeli tumanida 7 avgust kuni soat 17:30 da, 1953 yilda tug‘ilgan 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 2–qismi bilan sudlangan, Sergeli tumanida yashovchi T.A.ning uyi ko‘zdan kechirilganida, temir shkafi ichida bo‘lgan “Impra” nomli choy qutisida 7,65 gr. “marixuana” giyohvand moddasi aniqlanib, rasmiylashtirib olingan.
Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro T.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
10:38 / 11.04.2025
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
10:02 / 10.04.2025