Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning Shimoliy Koreyaga tahdididan keyin yadroviy zarba vaqtida omon qolish bo‘yicha so‘rovlar ommalashdi
Google foydalanuvchilari internetda yadroviy zarba vaqtida qanday omon qolish mumkinligi haqidagi ma'lumotni faol qidira boshladilar. Google Trends tizimi ma'lumotlariga ko‘ra, ikki kundan sal ko‘proq vaqt ichida “Yadroviy zarba vaqtida qanday omon qolish mumkin» iborasining ommaviyligi dinamikasi 0 dan 100 balggacha o‘sgan.
Shu tariqa, bu ibora an'anaviy «Qanday boyish mumkin” va “Qanday mashhur bo‘lish mumkin” so‘rovlari ko‘rsatkichlarini bir necha marta ortda qoldirgan, deb yozmoqda Tjournal nashri.
Ta'kidlash joizki, “Shimoliy Koreya” mavzusi bo‘yicha o‘xshash so‘rovlar ro‘yxatiga AQShning Tinch okeanidagi hududi bo‘lgan Guam oroli haqidagi so‘rov ham kirgan.
8 avgustda AQSh razvedkasi Shimoliy Koreya iyulda mahalliy ballistik raketalarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan yadroviy jangovar kallakni yaratganini ma'lum qilgan. Shu kunning o‘zidayoq AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaning tahdidlariga “dunyo avval ko‘rmagan olov va g‘azab bilan” javob berishga va'da bergan.
10 avgustda esa Shimoliy Koreya harbiylari 18 daqiqa ichida 3,5 ming km lik masofani bosib o‘tib, AQShning Guam orolidagi harbiy bazalariga yeta oladigan 4 ta raketani uchirish rejasini tuzayotganlarini ma'lum qildilar. Shundan keyin NBC telekanali Pentagon Shimoliy Koreya obektlariga ogohlantiruvchi zarba berishga tayyorlanayotganini xabar qilgan.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025