Jahon | 14:08 / 12.08.2017
3696
1 daqiqa o‘qiladi

Yamanda arab koalitsiyasi vertolyoti halokatga uchradi

Foto: The National

Yamanda arab koalitsiyasiga tegishli vertolyot halokatga uchradi. Hodisa oqibatida to‘rt nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda The National.

Ta'kidlanishicha, halokat Shabva viloyatida koalitsiyaning shia isyonchilariga qarshi doimiy missiyasi doirasida yuz bergan.

Avvaliga vertolyotning favqulodda qo‘nishi chog‘ida uncha jiddiy bo‘lmagan jarohatlar olingani haqida xabar berilgandi, biroq keyinchalik koalitsiya vakili polkovnik Turki Al-Malikiy to‘rt nafar harbiy halok bo‘lganini ma'lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid