Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanda hukumat askarlari va isyonchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvda 17 kishi halok bo‘ldi
Yaman hukumut kuchlari bilan isyonchi husiylar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvda kamida 17 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, shimoliy Jauf viloyatida yuz bergan janglarda 7 nafar harbiy xizmatchi va 10 nafar isyonchi halok bo‘lgan. Yana 4 askar yaralangani xabar qilinmoqda.
"Harbiy xizmatchilar isyonchilar hujumini qaytarishga erishgan", — degan ma'lumotni taqdim etgan manba. U, shuningdek, hujum qilganlar bir nechta harbiy transport vositalariga zarar yetkazganini bildirgan.
2014 yildan buyon Yamanda hukumat kuchlari va isyonchi shia husiylari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi
20:17 / 09.05.2025
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi
18:47 / 07.05.2025
«Harri Trumen» aviatashuvchisi bortidan yana bir qiruvchi samolyot Qizil dengizga tushib ketdi
11:54 / 07.05.2025