Jamiyat | 21:38 / 12.08.2017
10240
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik ayol yangi tug‘ilgan qizini bolalar uyiga kurer orqali jo‘natmoqchi bo‘ldi

Xitoyning Fuchjou shahrida yashovchi 24 yoshli ayol yangi tug‘ilgan qizchasidan qutulishning o‘ta qabih usulini tanladi: u ona bo‘lishni istamay, qizchasini bolalar uyiga topshirishga qaror qilgan hamda uni paketga solib, kurer yordamida bolalar uyiga jo‘natmoqchi bo‘lgan.  

Ayol qizchani mustahkam paketga solib, muhrlab va unda yaqin oradagi bolalar uyi manzilini ko‘rsatib, kurerga topshirgan.

Kurer bu holatdan shubhalanib, ayoldan jo‘natma ichidagini ko‘rsatishni so‘ragan, biroq ayol buni qilishdan bosh tortgan va boz ustiga, kurerning rahbariyatiga uning o‘ta qiziquvchanligi yuzasidan shikoyat qilish bilan tahdid qilgan. 

Kurer ayol bergan paket ichidagi narsa qimirlay boshlab, so‘ngra chaqaloq ovozi eshitilgandan keyin politsiyaga murojaat qilgan. 

Politsiya qizchani Tszinan tuman shifoxonasiga yuborgan. Politsiyachilar chaqaloqning ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilishgan, biroq ulardan birortasi qizchani olib ketish uchun kelmagan. Xitoy qonunlariga ko‘ra, o‘z farzandidan voz kechgan ona 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Mavzuga oid