Jamiyat | 14:29 / 12.08.2017
10068
2 daqiqa o‘qiladi

Respublika IIV delegatsiyasi Andijon tajribasini o‘rgandi

Joriy yil 11-12 avgust kunlari Andijon viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda tashkil qilingan patrullik xizmatining ijobiy tajribasini o‘rganish yuzasidan Respublika ichki ishlar vazirligidan tashrif buyurgan delegatsiya a'zolari Andijon shahri, Xonobod, Asaka, Shahrixon tumanlarida bo‘lib, olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, Asaka tumanida tashkil etilgan seminarda Tozalash-Antiteror tadbirlarining ijobiy samara berayotganligi, unga jalb qilinayotgan barcha hamkor tashkilotlarning o‘zaro hamjihatlikda ish tashkil etayotganligi alohida ta'kidlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati “Kun”ga ma'lum qildi. 

Delegatsiya a'zolari Andijon shahrida tashkil etib kelinayotgan tungi xizmatga jalb qilingan ichki ishlar xodimlari, jamoatchilik vakillari bilan o‘tkaziladigan tungi yo‘riqnomalar, Tun Tig‘ va Filtrlash tadbirlari bilan atroflicha tanishib o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. 

Bundan tashqari Xonobod shahrida Xavfsiz shahar tizimi joriy etilganligi munosabati bilan bu joyda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar bilan ham yaqindan tanishilib, delegatsiya a'zolariga viloyat hududida, hududlar maketi, otliq, kinologiya xizmatini jalb etilishi yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berildi. 

Shahrixon tumanida jamoatchilik asosida olib borilayotgan tungi xizmat faoliyati va  yangicha ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan  barcha tizimli ishlar delegatsiya a'zolarining diqqat markazida bo‘ldi. 

Mavzuga oid