Suriya armiyasi IShIDning Homs viloyatidagi eng yirik tayanch nuqtasini ozod qildi

Foto: EPA
Suriya hukumati va ittifoq kuchlari qo‘shinlari IShIDning Homs viloyatidagi eng yirik tayanchi nuqtasi bo‘lgan As-Suxna shahrini butunlay ozod qilishdi.
«Suriya armiyasi IShIDning Homs viloyatidagi eng so‘nggi tayanch nuqtalaridan biri bo‘lgan As-Suxna shahrini to‘la ozod qildi. Hozirda shahar portlovchi qurilma va minalarga tekshirilmoqda, ularni IShID jangarilari o‘rnatib ketgan», - deya vaziyat bilan tanish manbaning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Ta'kidlanishicha, hujumdan bir necha kun avval shahar Suriya armiyasi tomonidan o‘rab olingan.
Avvalroq Suriya armiyasi Iordaniya bilan chegaraning bir qismini o‘ziga qaytargani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

16:53 / 08.04.2025
Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’aning akasi prezident ma’muriyati bosh kotibiga aylandi

00:59 / 07.04.2025
Suriyada hali ham 100 dan ortiq kimyoviy qurol omborlari mavjud - NYT

16:50 / 30.03.2025
Alaviy, druz, xristian ayol. Suriyaning yangi hukumati tarkibiga kimlar kirdi?

00:55 / 28.03.2025