Jahon | 08:14 / 13.08.2017
8211
1 daqiqa o‘qiladi

Sharlotsvilldagi to‘qnashuvlar oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Foto: patch

AQShning Sharlotsvill shahridagi tartibsizliklar oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar politsiyasi boshlig‘i El Tomas ma'lum qildi.

Qurbonlardan biri 32 yoshli ayol bo‘ldi. Yana bir kishi avtomobilning namoyishchilarga borib urilishi oqibatida halok bo‘lgan. Avtomobil haydovchisi ushlangan.

Shuningdek, Sharlotsvilldagi tartibsizliklar bilan bog‘liq holda politsiya vertolyoti falokatga uchragan va undagi 2 kishi ham halok bo‘lgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 35 kishi jarohatlangan. Ulardan 5 nafari o‘ta og‘ir, yana 4 kishi og‘ir ahvolda qolmoqda.  

Mavzuga oid