Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,5 mln so‘mlik sport velosipedini o‘g‘irlagan yigit ushlandi
Oqqo‘rg‘on tumani IIBga joriy yilning 26 iyul kuni Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1959 yilda tug‘ilgan Xolmuhammad Latipov (ism-shariflari o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 15 iyul kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib, uyi hovlisidan narxi taxminan 1.500.000 so‘m bo‘lgan 1 dona sport velosipedini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan Olim Qobulov sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan Olim Qobulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning tegishli 169-moddasi bilan 2-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi
09:40 / 06.03.2025