Jamiyat | 11:40 / 14.08.2017
14282
1 daqiqa o‘qiladi

Hakerlar qo‘lga kiritgan «Taxtlar o‘yini»​ning keyingi qismlari internetda paydo bo‘ldi

Hakerlar jamoasi HBO'ning mashhur «Taxtlar o‘yini» serialidan hali ekranga chiqmagan bir necha qismlarini global tarmoqqa yukladi.

Ma'lum bo‘lishicha, «qaroqchilar» yuklagan lavhalar serialning keyingi qismlariga ziyon yetkazmaydi. Gap shundaki, ular HBO kompyuter tarmoqlariga ulanib, Badiiy kengash tomonidan olib tashlangan bo‘laklarni qo‘lga kiritishgan edi.

Shuningdek, oktabr oyida ekranlarga qaytishi kutilayotgan «Qiziqishlaringni jilovla» (Curb your Enthusiasm) serialining ham ba'zi qismlari o‘g‘irlangan. Time Warner kompaniyasi qoshida tashkil etilgan HBO firmasi yoz faslining o‘rtalarida kompyuter tarmoqlari «qaroqchilar» hujumiga uchraganini ma'lum qilgan edi.

Ayni paytda firibgarlar qo‘lga kiritilgan lavhalarni internetga yuklamaslik evaziga tovon puli sifatida katta mablag‘ talab qilmoqda.

Mavzuga oid