Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi
Joriy yilning 13 avgust kuni soat 10:50 da Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Karmakova T. tog‘da adashib qolganligi to‘g‘risida Tez harakat qilish markaz otryadi tezkor navbatchisiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar beruvchining bergan ma'lumotiga qaraganda, Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘i “Kichik Chimyon” tog‘ releflariga o‘zi bilan jami 5 nafar fuqarolar dam olish maqsadida yuqoriga ko‘tarilishadi va adashib qolishadi.
Mazkur holat yuzasidan, Tez harakat qilish markaz otryadining qutqaruv guruhi soat 11:08 da voqea joyiga chiqib bordi.
Shu kunning o‘zida, taxminan soat 12:45 da adashib qolgan fuqarolar “Kichik Chimyon” Gulkam qumli dovonining tog‘ releflarida aniqlanib, ular xavfsiz hududga sog‘-salomat olib tushiriladi. Qutqaruv ishlari davomida fuqarolarga hech qanday tan jarohati yetmadi.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi
16:35 / 06.04.2025