Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maykl Pens Venesueladagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish mumkinligini aytdi
Venesuelada «tashqi intervensiya uyushtirishi» mumkinligini aytgan prezident Donald Trampdan so‘ng, mamlakat vitse-prezidenti Maykl Pens yakshanba kuni so‘zlagan nutqida «Venesueladagi siyosiy inqirozni tinch yo‘l bilan hal etishning ko‘plab yo‘llari bor» ekanini ta'kidlagan.
Lotin Amerikadagi bir necha davlatga tashrif buyurishi rejalashtirilgan Maykl Pensning ayni so‘zlari Kolumbiyaning Kartaxena shahrida yangradi. «Venesuela masalasida yechim topish uchun ixtiyorimizda ko‘plab tanlovlar turibdi. Prezident Lotin Amerikasidagi ittifoqchilarimiz bilan muammo tinch yo‘lda hal qila olishimizga ishonadi», deb fikr bildirgan u.
Prezident Trampdan farqli ravishda vitse-prezident «yumshoq diplomatiya» tilida fikrini bayon etdi: «Biz mazkur yarimshardagi ozod xalqlar bilan yelkama-yelka demokratiya tantana qilishi uchun so‘nggi damgacha birga bo‘lamiz», deydi Pens.
Shuningdek, OAV uchun o‘tkazilgan qo‘shma matbuot-anjumani paytida Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos «har qanday intervensiya shakliga qarshi»ligini bildirdi. Maykl Pens esa AQSh qo‘shimcha iqtisodiy sanksiyalarni joriy etish bo‘yicha loyiha tayyorlashini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025