Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladivostokda O‘zbekiston bosh konsulligi ochiladi
Rossiya federatsiyasi hukumati boshlig‘i Dmitriy Medvedev farmoyishiga binoan Vladivostokda O‘zbekiston Respublikasi bosh konsulxonasi ochiladi.
Farmoyishga ko‘ra, konsullik okrugi Saxa respublikasi (Yoqutiston), Kamchatka, Primore, Xabarovsk o‘lkasi, Amur, Magadan, Saxalin oblastlari va Chukotka avtonom okrugini qamrab oladi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Javlon Vahobov Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov, Yekaterinburg, Vladivostok, shuningdek, Qozog‘istonning Olmaota shaharlarida O‘zbekiston konsulxonalari ochilishi haqida ma'lum qilgandi.
Shu vaqtgacha Rossiyada Moskva va Novosibirsk shaharlarida konsullik bo‘limlari mavjud edi.
Mavzuga oid
12:25 / 07.04.2025
Rossiyada amerikalik Blekka chiqarilgan hukm yumshatildi
21:19 / 08.03.2025
Rossiyada og‘ir tan jarohati olgan erkak O‘zbekistonga qaytarildi
08:50 / 14.01.2025
Kanadada O‘zbekiston bosh konsulxonasini ochish rejalashtirilmoqda
14:40 / 21.10.2024