Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi ikkinchi eng yirik aviakompaniya bankrotlik e'lon qildi
Germaniyadagi ikkinchi eng yirik aviakompaniya bo‘lmish Air Berlin bankrotlik e'lon qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar tarqatgan.
Hozircha hukumat taqdim etgan 150 mln yevro miqdoridagi kredit evaziga uchishlar davom ettiriladi.
Bankrotlik jarayoni boshlangani haqida aviakompaniyadagilar 15 avgust kunining ikkinchi yarmida ma'lum qilishdi. Bayonotga ko‘ra, asosiy homiy bo‘lmish Etihad Airways kompaniyasi kelgusida moliyaviy qo‘llab-quvvatlamasligini ma'lum qilgan.
Air Berlin aviakompaniyasi yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha Germaniyada ikkinchi, Yevropada yettinchi o‘rinda turadi. Aviakompaniya 150 yo‘nalishda reyslar amalga oshiradi.
Air Berlin har yili 30 million yo‘lovchini manziliga yetkazadi.
Keyingi bir necha yilda Air Berlin zararga ishlay boshladi. 2016 yilda zarar miqdori 780 million yevroni tashkil qildi. Kompaniya faoliyatini Etihad Airways ko‘rsatayotgan yordamlar evaziga davom ettirayotgandi.
Mavzuga oid
08:42 / 23.07.2024
Toshkentda MChJni qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi
09:20 / 29.06.2024
Toshkentda korxonani qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi
11:42 / 07.06.2024
Prokuratura MChJni qasddan bankrotlikka olib kelish holatlarini aniqladi
17:46 / 28.03.2023