Mirziyoyev Olmaliqning hozirgi ahvoli haqida: Rasvo qilib yuborilgan
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni joylarda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar borishi bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahriga borgani xabar qilingan edi.
Shahar faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘zga chiqqan davlat rahbari shahardagi holatdan umuman qoniqmaganini aytar ekan, qator kamchiliklarni qayd etdi. Uning chiqishi “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida namoyish etildi.
“99 foiz rahbarni men Toshkentga tashqaridan olib keldim. Kechirasiz, bir daraxt ekmagan odamni hokim qilib qo‘yib, yana uni o‘rgatishga toqat qolmadi. Nima uchun sudlar to‘g‘risida qonun qabul qildim, nima uchun sudning raisini mahallalarga berdim? Mahallaga insof berib, shunga rost gapni gapirsin deyapman. Hayotimizni barbod qilayapti ko‘plari, 5 dan 11 yilgacha pora oladi. Kim bergan unga vakolatni? Eshitgan bo‘lsangizlar hamma gapni rost aytganman: o‘g‘risan hammang, deganman.
Menga bugun Olmaliqning hozirgi sharoiti umuman yoqmaydi. Sizlar kechiringlar-ku, menga umuman yoqmaydi. Men bilardim, lekin bunchalik deb bilmasdim. Rasvo qilib yuborilgan. Oldingi na prokuror, na ichki ishlar, na soliqchi, na hokim – xiyonat qilgan siyosatga”, - dedi Prezident.
Avvalroq Olmaliq shahri to‘rtligi ishdan ketgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:17 / 15.10.2024
Olmaliqda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
17:08 / 15.10.2024
Prezident OKMKning muhandislik maktabi va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi
09:44 / 27.05.2024
Olmaliqda «Damas» kanalga tushib ketdi
19:03 / 08.05.2024