Sport | 14:24 / 15.08.2017
11744
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yosh sportchilar xalqaro turnirda umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishdi

5-13 avgust kunlari Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida o‘tkazilgan "Shkolnik Kazakstana" Xalqaro turnirida 134 nafar sportchi ishtirok etib, jami 18 ta jamoa bahs yuritdi. Sportchilar qatorida O‘zbekiston vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Shu tariqa Xalqaro kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaning beshinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib,  64 km. masofaga shosse bo‘yicha Rahimboyev Behzodbek (Xorazm) 3-o‘rinni egalladi.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashgan. Yakkalik poygalarida umumhisobda eng yaxshi o‘zbek sportchilari B.Rahimboyev (4-o‘rin), D.Zabirov (5-o‘rin), N.Stenkovoy (7-o‘rin), A.O‘ktamov (12-o‘rin) hamda B.Ismatov (19-o‘rin)ga sazovor bo‘lishdi.

 

Mavzuga oid