Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumanida jinoyatchilar o‘g‘rilik sodir etmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi
2017 yilning 12 avgust kuni taxminan soat 20:30 larda Murod Qayumov, Miraziz Mirsodiqov va Adham Mirsodiqov o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumani hududida joylashgan “Lokomotiv-Anxor” bog‘ining avtoturargohida bo‘la turib, shu yerda fuqaro Azizbek Akbarovga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinasini kalit tanlash yo‘li bilan ochganlar, biroq avtoulov salonidan moddiy qimmatliklar topa olmasdan jinoyat joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lgan olinganlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,169-moddasi 2 -qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘g‘irlikka suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:51 / 11.04.2025