Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
17 yoshli onaning 2 yoshli bolasini mashinada qoldirishi halokatli yakun topdi
Avstriya politsiyasi 30 darajali issiqda 17 yoshli ona tomonidan avtomobilda qoldirib ketilgan ikki yoshli bolaning o‘limi sabablarini o‘rganmoqda. Bu haqida 17 avgust kuni politsiya vakili Rayner Fitsaga asoslanib, APA xabar berdi.
Voqea 15 avgust kuni Avstriya g‘arbidagi Bludents shahrida ro‘y bergan. Ismi oshkor qilinmagan ayolning politsiya xodimlariga ma'lum qilishicha, u bu yerga do‘sti bilan Tiroldan kelgan bo‘lgan. Yo‘lda bola uxlab qolgan va ona uning uyqusini buzishni istamagan. Kattalar uyga kirib ketishgan va uzoq yo‘ldan keyin charchab uxlab qolishgan, bola esa avtomobilda qolavergan.
Bir necha soat o‘tgach, ayol bolani olish uchun avtomobilga yaqinlashgan, biroq bolaning joni uzilgan bo‘lgan.
Politsiyaning taxminlariga ko‘ra, bola jaziramadan halok bo‘lgan, biroq o‘limning aniq sababi tekshiruvlardan keyin ma'lum qilinadi.
Agar bolaning jaziramadan halok bo‘lgani tasdiqlansa, onaga beixtiyor odam o‘ldirish ayblovi qo‘yiladi, deya ma'lum qilishdi politsiyada.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
14:57 / 01.05.2025