Jamiyat | 16:08 / 17.08.2017
6329
2 daqiqa o‘qiladi

Yetakchi brendlar Frankfurtdagi motor-shouda qatnashishdan voz kechishdi

Jahonning to‘qqiz yetakchi brendi Frankfurtda bo‘lib o‘tadigan motor-shouda qatnashishdan voz kechdi. Bu haqida izdaniya Automotive News Europe nashri xabar berdi. 

14 sentabrda start oladigan xalqaro avtosalon Yevropadagi eng yirik hodisalardan biri hisoblanadi. 

Manbaga ko‘ra, bu yil Infiniti, DS, Peugeot, Jeep, Alfa Romeo, Mitsubishi, Fiat, Volvo va Nissan kabi kompaniyalar avtoshouda ishtirok etishdan voz kechishgan. Bu ishlab chiqaruvchilar Yevropa avtomobil bozorining 20 foizdan ortig‘ini egallaydi. 

Avtomobil kompaniyalari motor-shouda ishtirok etish qimmatga tushishi bois o‘z modellarini namoyish qilmaslikka qaror qilishdi. 

Bugungi kunga kelib, aksariyat odamlar avtomobil olamidagi yangiliklardan internet orqali xabar topishni afzal ko‘rishmoqda. Shu bois ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini yo onlayn, yoki shaxsiy tadbirlarida namoyish qilishmoqda. 10 yil avval esa avtosanoat yangiliklaridan boxabar bo‘lishning yagona yo‘li avtosalonlarda ishtirok etish bo‘lgan. 

Ta'kidlash joizki, AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining 50 dan ziyod brendi avtosalonda ishtirok etishini tasdiqlagan. 

Mavzuga oid