Jahon | 18:11 / 17.08.2017
4018
1 daqiqa o‘qiladi

General Lining evarasi Sharlotsvilldagi to‘qnashuvlarni qoralab chiqdi

AQShda fuqarolik urushi paytida janubliklar armiyasiga qo‘mondonlik qilgan general Robert Lining evarasi Sharlotsvill shahrida yuz bergan to‘qnashuvlarni qoraladi hamda Konfederatsiyalar davridagi haykallarga eng yaxshi joy muzey bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda CNN xabar qilgan.

"Oxir-oqibat, kimdir qaror qabul qilishi lozim bo‘ladi, hamda agarda bu mahalliy ma'muriyat bo‘lsa, mayli shunday bo‘lsin. Biroq biz bu boradagi barcha muloqotni nafrat va zo‘ravonliksiz olib borishimiz darkor. Ehtimol, bu haykallarni muzeyga joylashtirish to‘g‘ri bo‘lardi", - dedi 54 yoshli Robert Li V.

Virjiniyadagi maktabda sport direktori sifatida ishlaydigan Li Sharlotsvilldagi to‘qnashuvlarni “ma'nosiz” hamda oilasi uchun “qayg‘uli” deb atadi.

Avvalroq Trampning maslahatchisi Sharlotsvilldagi millatchilarni “masxarabozlar” deb atagandi.

Mavzuga oid