Jahon | 08:59 / 17.08.2017
4697
1 daqiqa o‘qiladi

NATO shaharlarda harbiy amaliyotlarni o‘tkazish konsepsiyasini ishlab chiqmoqchi

Foto: AP

NATO shahar joylarda harbiy amaliyotlarni olib borish strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi RT alyans Bosh shtabi hujjatiga asosan.

Hujjatda ta'kidlanishicha, ayni damda NATO kuchlari «aholi zich bo‘lgan shaharlarda» amaliyotlarni samarali o‘tkazish uchun «yetarli darajada tashkillashtirilmagan, ta'lim olmagan va jihozlanmagan».

NATOdan qayd etilishicha, hozirning o‘zida taxminan 5 mlrd kishi shaharlarda yashaydi, shu sababdan alyans yangi chaqiriqlar va bo‘lajak ixtiloflarga tayyorlanishni rejalashtirmoqda.

«Global demografik tendensiyalarga asoslangan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘plab qurolli mojarolar aynan shaharlarda olib boriladi», - deyiladi hujjatda.

Kontseptsiya 2018 yilning fevral va mart oylarida tajribaviy tarzda tekshiriladi, o‘sha yilning noyabrida esa ishlab chiqilgan hujjat yakuniy tasdiqlanishi lozim.

Avvalroq AQSh 2018 yilda NATO doirasida 11 ta yirik mashg‘ulot o‘tkazishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid