Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesueladagi turmada yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida ko‘plab mahbuslar halok bo‘ldi
Venesuela xavfsizlik xizmati Amasonas shtatidagi turmada maxsus operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya vaqtida hukumat vakillari bilan to‘qnashuvlarda 37 mahbus halok bo‘ldi.
Shtat poytaxti Puerto-Ayakucho shahridagi turmalardan birida o‘tkazilgan operatsiya 16 avgustga o‘tar kechasi amalga oshirilgan. Shahar kengashi a'zosi Xose Mexiasning aytishicha, hukumat “turma ustidan nazoratni tiklamoqchi bo‘lgan, biroq mahbuslar bunga qarshilik ko‘rsatishgan”.
“Xunrezlik bo‘lgan”, deb aytgan shtat gubernatori Liborio Garuya.
Ta'kidlanishicha, xavfsizlik kuchlari qo‘riqchilar yetishmaydigan turmalarda vaqti-vaqti bilan operatsiyalar o‘tkazib turadilar. Bunday reydlar davomida ba'zan mahbuslar bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘lib turadi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident
11:02 / 28.03.2025