Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alibaba’ning sof daromadi ikki marotabaga oshdi
Xitoyning Alibaba internet-kompaniyasi sof daromadi 2017 moliyaviy yilning 1-choragi yakunlariga ko‘ra, 1,96 marotabaga oshdi va 2,07 mlrd dollarni tashkil qildi.
Bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan daromad 0,83 dollarni tashkil qilgan. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 0,38 dollar bo‘lgan edi. Tahlilchilar esa daromadni 0,91 dollar atrofida baholashgandi.
Tushum yillik hisobda 56 foizga, ya'ni 7,403 mlrd dollargacha oshgan. Kompaniya daromad o‘sishini Lazada va AliExpress platformalari hisobiga Xitoydagi chakana biznesi 57 foizga, dunyodagisi esa 2,3 marotabaga oshgani bilan tushuntirgan.
Kompaniyaning Alibaba Cloud bo‘limi tushumi yillik hisobda 96 foizga oshgan.
Kompaniyaning operatsion marjasi 7 foizga oshgan. Xarajatlar ancha kamaygan.
Bu hisobot ortida Alibaba’ning joriy yilda 90 foizga qimmatlashgan aksiyalari yana 2,77 foizga oshgan.
Mavzuga oid
12:51 / 06.05.2025
O‘zbekistonliklar daromadlarining o‘sishi sekinlashdi
16:07 / 28.02.2025
Qaysi soha vakillari daromadlari oshishini ko‘proq kutyapti?
16:42 / 03.02.2025
O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896 trln so‘mni tashkil etdi
10:03 / 03.02.2025