Fotomaqola: Andijon shahrida gullar bayrami
Har yili “Andijonni ko‘rkam va obod viloyatga aylantiraylik” shiori ostida o‘tkaziladigan ushbu ko‘rik-tanlovni xalq mehr bilan “Gullar bayrami”, deb atashi bejiz emas.
Tadbirga tayyorgarlik viloyatning barcha tumanlardagi har bir ko‘cha, xonadon, mahalla guzarlarini obod qilishdan boshlanadi. Hududlarga mavsumiy va ko‘p yillik gullar ekiladi. Ko‘rik-tanlovni tom ma'noda mehnat va san'at bayrami, deb ham atash mumkin. Reja asosida har bir tuman va shaharda o‘tkaziladigan tantanalar kuni nufuzli hay'at a'zolari joylarda amalga oshirilgan ishlar - obodonlashtirish, ishlab chiqarish korxonalaridagi sharoitlar bilan tanishadilar.
Bugun ana shunday tadbir Andijon shahrida bo‘lib o‘tdi. Viloyatning turli joylaridan tashrif buyurgan mehmonlar, jamoatchilik vakillari guzarlar, ta'lim muassasalari, tibbiyot tashkilotlari, ko‘chalar va ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lishdi.
Shaharning eng fayzli go‘shalaridan biri bo‘lgan Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘i esa turfa gullarga to‘ldi. Muassasalar va xalq amaliy san'ati ustalari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar atrofi mehmonlar bilan gavjum. Rango-rang gullar, o‘zbekona qadriyatilarimiz bo‘lgan do‘ppido‘z va beshiksoz ustalarning qo‘l ishlari, rassom va dizaynerlarning nafis ijod namunalari barchada katta taassurot uyg‘otdi. Tanlov doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmakasi ham o‘tkazildi.
Oqshom tushgach istirohat bog‘i sahnasida taqdirlash marosimi va konsert dasturi namoyish etildi.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Muallif olgan suratlar
Mavzuga oid
22:05
DXX raisining ishdan olinishi, Andijonda Boburga “hujum” va tugagan saylov - hafta dayjesti
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024