O‘zbekiston | 17:20 / 18.08.2017
7531
2 daqiqa o‘qiladi

Inson huquqlari bo‘yicha vakil sayyor qabullarni amalga oshirishi rejalashtirilmoqda

Bugun, 18 avgust kuni Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi koordinatori bilan hamkorlikda «Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslarini takomillashtirishning dolzarb masalalari» mavzusidagi ekspertlarning davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi muhokama etildi. Anjumanda akademik Sayyora Rashidova, doktor Yozef Sigele, Yevropa Ombudsman instituti Bosh kotibi, elchi Jon Makgregor, advokat Haynz Byuller hamda Konrad Adenauer nomidagi fond mutaxassislarining taklif va fikrlari inobatga olinib, yangi qo‘shimchalar kiritish muhokama etildi. 

Xususan, shu paytgacha Inson huquqlari vakili aholidan shikoyatlarni qabul qilib, shu bilan birga amalda ariza va takliflarni ham ko‘rib chiqqan. Endilikda yangi qo‘shimchalar orqali ushbu funksional vakolatlar qonun hujjatida o‘z aksini topadi.

Shuningdek, vakil shaxsiy va sayyor qabullarni o‘tkazishi, viloyatlar bo‘ylab vaqtli turnelarda bo‘lishi qonun bandlari bilan e'tirof etilmoqda. Bundan oldin, xalqaro tajriba mavjud bo‘lgan biznes-ombudsman lavozimi tashkil etilayotgani, uning faoliyatiga doir qonun loyihasi qonunchilik palatasi tomonidan muhokama etilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid