O‘zbekiston | 15:35 / 18.08.2017
17282
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahri faollari bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shahardagi «Metallurg» madaniyat saroyida shahar faollari, yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zAning xabar berishicha, uchrashuvda Bekobod shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, yoshlar bandligini ta'minlash, ta'lim tizimini takomillashtirish, «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» faoliyatini yanada rivojlantirish va boshqa masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan avvalroq Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi davomida «Toshkent—Bekobod» yo‘nalishi bo‘ylab elektrichka qatnovini yo‘lga qo‘yish haqida topshiriq bergani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid