Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ruminiyaga 1,25 mlrd dollarlik raketa tizimlari yetkazib bermoqchi
Ruminiya AQShdan umumiy qiymati 1,25 mlrd dollarlik High Mobility Artillery Rocket Systems (HIMARS) yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlarini oladi. Bu haqda Pentagon tarkibiga kiruvchi boshqarma ma'lum qilgan.
AQSh mudofaa vazirligida bu shartnoma “AQShning tashqi siyosati va milliy xavfsizligini mustahkamlashi”, chunki NATO bo‘yicha ittifoqdoshi xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgani aytilgan. Bundan tashqari, Vashington fikricha, raketa tizimlarini yetkazib berish Ruminiyaning mudofaasini kuchaytirish bo‘yicha ehtiyojlariga va NATO maqsadlariga to‘g‘ri keladi. Biroq AQSh kongressida bu shartnomani o‘rganib chiqish va unga ruxsat berish-bermaslik uchun 30 kun bor.
AQShning fikricha, Ruminiya HIMARS tizimi hisobiga o‘z qurolli kuchlarini modernizatsiya qilmoqchi va “hududiy tahdidlar”ni ushlab turishni kuchaytirmoqchi. Kelishuvga ko‘ra, agar shartnoma amalga oshirilsa, 10 nafar amerikalik mutaxassis yangi tizimlarni yoyish va personalni u bilan ishlashga o‘rgatish uchun Ruminiyaga bir yilga yuboriladi.
AQSh iyulda Ruminiyaga 3,9 mlrd dollarga Patriot zenit-raketa tizimlarini yetkazib bermoqchiligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025