Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri Suriyada harbiy amaliyot o‘tkazilishi ehtimoli bo‘yicha izoh berdi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Suriyada, xususan, Idlib va Afrin tumanlarida Turkiya qurolli kuchlari ishtirokidagi amaliyotlar ehtimoli bo‘yicha izoh berdi, deb yozmoqda «Anadolu».
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyaning ushbu hududlaridagi vaziyat bugungi kunda juda chigal. «Kim, qayerda va nimani nazorat qilayotgani tushunarsiz. Afsuski, terrorchilar bir-biriga alohida hududlar ustidan nazoratni bermoqda. Barqarorlik umuman yo‘q. Vaziyatdan esa mahalliy aholi, shuningdek, Turkiya jabr ko‘rmoqda», - degan Yildirim Singapurga uchib ketishidan avval jurnalistlarga.
Hukumat rahbari Suriya shimolidagi keskin hududlar Turkiyaga juda yaqin joyda ekaniga e'tibor qaratgan. «Kuni kecha IShIDning 5 terrorchisi Turkiya-Suriya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishi chog‘ida qo‘lga olindi», - dedi Yildirim.
Bosh vazirning ta'kidlashicha, Anqara, xuddi avvalgidek, istalgan tahdidga darhol qat'iy javob qaytaradi.
Shuningdek, Turkiya hukumati rahbari Eron, Rossiya va boshqa qator davlatlardan Anqaraga harbiy delegatsiyalarning tashriflarini «normal holat» degan. «Suriyada uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma qadamlar qo‘yilmoqda. Ostonada muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, xalqaro koalitsiya kuchlari bilan birga harakatlarni amalga oshirmoqdamiz. Turkiya Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzoq muddat davomida ta'minlashga harakat qilmoqda», - deya aniqlik kiritdi Yildirim.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025