AQShda yo‘llarga yaqin joyda SMS-xabarlar yozgan piyodalar jarimaga tortilishi mumkin

AQShning Konnektikut shtatidagi Stemford shahri ma'muriyati yo‘lda SMS-xabarlarni yozib, o‘zi va boshqalarni xatarga qo‘yadigan piyodalarni jarimaga tortishni taklif qildi. Bu haqda International Business Times xabar bermoqda.
Yangi qonun yirik ko‘chalar yonida xabarlar yozadigan yoki telefon orqali suhbatlashadigan barchaga tegishli bo‘ladi. Qayd etilishicha, Honoluluda shunga o‘xshash loyiha tasdiqlangan va 2017 yilning oktabrida kuchga kiradi – o‘z smartfoni tufayli yon-atrofiga qaramaydigan piyodalar 30 dollarlik jarimaga tortiladi.
O‘tgan yili YTHda piyodalar o‘rtasidagi qurbonlar soni 11 foizga o‘sdi va taxminan 6 ming kishini tashkil etdi. Agarda Konnektikutda ushbu qonun loyihasi qabul qilinsa, uni Amerika Qo‘shma Shtatlarning barcha hududi bo‘ylab tarqatish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Avvalroq dunyodagi eng ommabop smartfon nomi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025