Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chinoz tumanida 3,6 mln so‘mni o‘g‘irlagan ishsiz shaxs ushlandi
Chinoz tumani IIBga 26 iyul kuni shu tumanda yashovchi, uy bekasi, 1987 yilda tug‘ilgan Mahbuba Olimjonova (ism-shariflari o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 13 iyul kuni soat 09.00 lardan 17.00 larga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib, uyi yerto‘lasidagi alyumin idish ichidan 3.600.000 so‘m pullarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Chinoz shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1981 yilda tug‘ilgan Ilxom Zokirov sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Ashyoviy dalil sifatida pullar olindi.
Ushbu holat yuzasidan Ilxom Zokirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi
09:40 / 06.03.2025