Jamiyat | 13:33 / 21.08.2017
6054
1 daqiqa o‘qiladi

Gaz idorasiga tilla buyumlar orqali to‘lovni amalga oshirishini va'da qilgan firibgar ayol ushlandi

Yuqorichirchiq tumanida istiqomat qiluvchi Muxlisa Shamsiddinova (ism-shariflari o‘zgartirilgan) tuman gaz idorasi nazoratchisi lavozimidagi faoliyati davomida mahallalarda ishlatilgan gaz haqini undirib yurib, firibgarlikka qo‘l urdi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB.

U Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, uy bekasi, 1976 yilda tug‘ilgan Aida Olloberganovaning ishonchini suiiste'mol qilib, «gaz idorasidan qarzingizni to‘lab beraman» – deb aldab, undan bir dona 2,5 gramm bo‘lgan tilla bilak uzugini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.

Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid