Jamiyat | 18:30 / 21.08.2017
10384
3 daqiqa o‘qiladi

Ishiga mas'uliyatsizlik tufayli xodimlar iste'molchilarga yozilgan qarzni o‘z hamyonidan to‘lashdi

Nukus tumanining Toktao‘ OFY Toktao‘ ko‘chasi 17 xonadonida istiqomat qiluvchi fuqaro Jiyenbayev Alliyardan tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari harakatlaridan norozi bo‘lib Nukus tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qildi.

Arizada yozilishicha, fuqaro elektr energiyasi uchun to‘lovlarni doimo o‘z vaqtida amalga oshirib kelgan. Lekin 2016 yil dekabr oyida elektr ta'minoti korxonasi xodimlari kelib, qarzi borligini aytib, dalolatnoma tuzib ketishgan. Unda yozilishicha, Jiyenbayev Alliyar elektr ta'minoti korxonasidan 74.887,50 so‘m qarzdor.

Murojaat bo‘yicha Nukus tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi hamda fuqaroning qarzi yo‘qligi aniqlandi. A.Jiyenbayev to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan. Lekin pochta xodimlarining o‘z ishiga ma'suliyat bilan yondashmaganlari bois, to‘lovlar o‘z vaqtida iste'molchi hisobiga kelib tushmagan. Shuning uchun mazkur qarz pochta xodimi Biybigul Sherniyazova hisobidan undirib berildi.

«Tekshiraman deb» jarima to‘lagan nazoratchi

Nukus tumani Baxitli posyolkasi Jipek joli ko‘chasi 2-uy, 12-xonadonda yashovchi Qalmenov Qodirbay ariza bilan jamiyatga murojaat qildi. Unga ko‘ra, Nukus tuman Gaz taminoti nazoratchisi Jamila Bekmurzayeva Qalmenov Qodirbayning xonadoniga borgan hamda gaz hisoblagichning plombasini tekshirish vaqtida uni uzib olgan. So‘ng nazoratchi iste'molchining qarzi yo‘q bo‘lishiga qaramasdan gaz hisoblagichning plombasi uzilganligi hamda oy uchun normativ deya 223.759 so‘m qarzdor, deya dalolatnoma tuzgan.

Murojaat bo‘yicha Nukus tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish ishlari olib bordi hamda fuqaroning Dalolatnomada ko‘rsatilgandek qarzi yo‘qligi aniqlandi. Shuningdek, gaz hisoblagichning plombasi nazoratchining aybi bilan uzilganligi bois qarz Jamila Bekmurzayevaning oylik maoshidan undirildi.

Dilshoda DAULeTBAYeVA,

Nukus tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati matbuot va axborot bo‘limi mutaxassisi

Mavzuga oid