Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiyada avtomobil xalqaro aeroportning kirish zali eshigiga borib urildi
Islandiyadagi Keblavik xalqaro aeroportining kirish zali eshigiga avtomobil kelib urildi. Iceland Monitor shu haqida xabar berdi.
Voqea 20 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00da Islandiya poytaxti Reykyavikdan 50 kilometr narida ro‘y bergan. Guvohning ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil haydovchisi taxminan 20 yoshda. Haydovchining qoidabuzarligi sabab politsiya uning ketidan tushgan va yo‘lini to‘sishga muvaffaq bo‘lgan. U mashinadan qo‘llarini ko‘targancha chiqib kelgan, politsiyachilardan biri uning yoniga yaqinlashganda esa yigit unga tashlanib, zarba bergan.
Shundan so‘ng u boshqa avtomobil yoniga borib, undagi ayol-haydovchini olib chiqqan va uning mashinasiga o‘tirib, voqea sodir bo‘lgan joydan qochishga uringan.
Politsiya uning iziga tushgan. Natijada u Keblavik xalqaro aeroportining kirish zali eshigiga borib urilgan va politsiya uni qo‘lga olgan.
Jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:57 / 01.05.2025