Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyalik suzuvchi jahon chempionatida teraktlar qurbonlari xotirasiga bir o‘zi sukut saqladi
Ispaniyalik suzuvchi Fernando Alvares Budapeshtda o‘tayotgan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida Kataloniyadagi teraktlar qurbonlarini yakka o‘zi sukut saqlash bilan xotirladi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Avvalroq 71 yoshli Alvares faxriylar (70 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasi) o‘rtasida 200 metrga brass usulida suzish bahsi oldidan musobaqa tashkilotchilariga bir daqiqalik sukut saqlashni e'lon qilishi iltimosi bilan murojaat qilgan. Biroq uning aytishicha, Xalqaro suzish federatsiyasi uning iltimosiga rad javobini bergan.
Rad javobini olgan Alvares 19 avgustda bo‘lib o‘tgan suzish bahsi oldidan qolgan sportchilar bilan birga suvga sakramagan. U suvga sakrashdan oldin start tumbasida 60 soniya qimirlamagan holda turgan.
Eslatib o‘tamiz, 17 avgustda Ispaniyaning Barselona va Kambrils shaharlarida bir qator teraktlar sodir etilgandi. Bu hujumlar oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:40 / 18.06.2019
Yangi Zelandiyada masjidlardagi teraktlar videosini tarqatgan shaxs 21 oyga qamaldi
23:15 / 25.04.2019
Shri-Lankadagi teraktlar qurbonlari soni 100 nafarga oshirib yuborilgani aytildi
10:28 / 07.11.2018
Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topildi
20:17 / 02.05.2018