Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KUN.UZ xayriya aksiyasi: Jahongirning bir oyog‘ida operatsiya o‘tkazildi, yigit barchadan minnatdor
KUN.UZ tahririyati tomonidan Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri, “Kunchiqar” mahallasi, Choshtepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 22 yashar Jahongir Ibragimovning davolanishi yuzasidan xayriya aksiyasi uyushtirilgan edi.
Oradan deyarli bir oy vaqt o‘tib, biz Ibragimovlar xonadoni bilan yana bog‘landik. Ma'lum bo‘lishicha, maqola e'lon qilingan kuni, ya'ni 22 iyulda Jahongir bilan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati O‘zLiDeP a'zosi Yo‘ldashev Mo‘minjon Shokirjonovich bog‘langan va protezlardan birini o‘z mablag‘i hisobidan olib berishini aytgan. O‘sha kuni Jahongir otasi Usmon aka bilan poytaxtga yo‘l olgan. Deputat tomonidan bemorning protezi uchun 3000 AQSh dollari, dori-darmonlar uchun 5 mln. so‘m va ota va bolaning mehmonxonada istiqomat qilish xarajatlari qoplangan. Jahongir shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilgach, 25 iyul kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida operatsiya qilingan.

Ayni kunlarda u Shahrisabzda. Ahvoli yaxshi. Shifokorlarning ma'lum qilishicha, 7 oydan so‘ng uning ikkinchi oyog‘ida huddi shunday jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Ungacha u shifokorlar ko‘rigidan har ikki oyda o‘tib turishi lozim.
Shu kunga qadar Jahongirning nomiga ochilgan hisob raqamiga 7 mln. 145 ming so‘m, plastik kartaga esa 14 mln. so‘mdan ziyod mablag‘ kelib tushgan. Shifoxona xarajatlari va davolanish uchun mazkur mablag‘lardan foydalanilmoqda. Yigitning o‘zi va oila a'zolari mazkur ishda moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatgan barcha-barchadan chin yurakdan minnatdor va haqlarida duoda. Xayrli ishni so‘ngiga yetkazish ulkan savob, deganlaridek Jahongirning ikkinchi oyog‘ida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun biroz mablag‘ yetishmay turgan ekan. Moddiy tomondan imkoniyati borlar unga yordam berishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar, boshlangan xayrli tadbir chiroyli yakun topgan bo‘lardi.
Mavzuga oid
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
13:54 / 31.01.2025