Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kobul va toliblar o‘rtasida dastlabki shartlarsiz muzokaralar o‘tkazilishi tarafdori
AQSh Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" radikal harakati o‘rtasida dastlabki shartlarsiz muzokaralar boshlanishiga ko‘mak berishni xohlayapti. AQSh davlat kotibi Reks Tillerson shunday bayonot berdi.
"Biz Afg‘on hukumati va "Tolibon" harakati o‘rtasida dastlabki shartlarsiz muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz", — degan Tillerson. Uning so‘zlari jurnalistlar uchun tarqatilgan bayonotda qayd etilgan.
"Biz toliblarga jang maydonida g‘alaba qozona olmasliklarini tushuntirmoqchimiz. "Tolibon"ning tinchlik va qonuniy maqom uchun yo‘li muzokaralar vositasidagi siyosiy barham berish orqali o‘tadi", — deb qo‘shimcha qilgan davlat kotibi.
Tillerson so‘zlariga ko‘ra, AQSh xalqaro hamjamiyat, ayniqsa, Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlar Vashington sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini va tinchlikni o‘rnatishda ishtirok etishini xohlaydi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025