Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik sudya undan alamini olmoqchi bo‘lgan jinoyatchini otib tashladi
AQShning Ogayo shtatida sudya o‘z hayotini himoya qilib, unga hujum qilgan jinoyatchini otib tashladi. Bu haqda Washington Post nashri xabar bermoqda.
Voqea 21 avgustda Styubenvill shahrida yuz bergan. Jinoyatchi qonun himoyachisini sud binosida kutib turgan. Sudya Jozef Brazziz unga yaqinlashganda, jinoyatchi unga o‘q uzgan. Biroq sudya o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, epchillik bilan yonidan to‘pponcha chiqarib, javob o‘qi uzgan. Voqea joyiga otishma ovozlarini eshitgan politsiyachi yordamga yetib kelgan. Oqibatda sudya jinoyatchini otib o‘ldirgan, o‘zi esa yaralangan va shifoxonaga yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, sudyaning hayoti xavf ostida emas.
Jinoyatchi avval bir necha marta qonunni buzgan afroamerikalik Nataniel Richmond ismli shaxs bo‘lib chiqqan. Sudya Brazziz o‘z vaqtida uning bir necha ishini ko‘rib chiqqan. Politsiya ushbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda: hujum sababi aniqlashtirilmoqda, politsiyachi jinoyatchi bilan voqea joyiga kelgan ikkinchi kishini so‘roq qilmoqda.
Mahalliy sherifning jurnalistlarga aytishicha, sudya ov va sport bilan jiddiy tarzda shug‘ullanadi. Aynan sherif bir necha yil avval sudyaga “yon-atrofda telbalar” ko‘pligini aytib, uni qurol olib yurishga ko‘ndira olgan.
Mavzuga oid
12:11 / 15.05.2025
“Akromjon emas, Hamidbekman” – xavfli jinoyatchining 15 yillik siri
08:26 / 26.04.2025
AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi
23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
17:23 / 11.03.2025