Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chinozlik fuqaroning uyidan 4 kilogrammga yaqin marixuana moddasi topildi
Chinozda yashovchi fuqaroning uyidan 4 kg. ga yaqin marixuana giyohvandlik moddasi topildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida viloyat IIB va Chinoz tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “A.Temur” Mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, ishlamaydigan, 1961 yilda tug‘ilgan A.Ya.ning uyi tekshirilganida hovlisidagi uzum so‘risida quritib qo‘yilgan 3 kg. 690,6 gr. marixuana giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi
07:50 / 25.01.2025
5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
09:30 / 18.06.2024
Merilendda giyohvand modda uchun sudlangan 100 ming kishi afv etildi
09:01 / 31.05.2024