Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Oliy sudi musulmon erkaklarning «taloq» so‘zidan foydalanishiga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi
Hindiston Oliy sudi aholi tomonidan qator noroziliklar kelib chiqqach, taloq so‘zidan foydalanishni vaqtinchalik taqiqladi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Bu juda nozik masala. Biz Hindiston hukumatiga ushbu masalada tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish haqida o‘ylab ko‘rish borasida murojaat yubormoqdamiz», - degan Oliy sud raisi Jagdish Singx Xexar.
Sud qonunni olti oyga to‘sib qo‘ydi. U musulmonlar erkaklarga rafiqasiga «taloq» so‘zini uch bora aytish yoki yozish orqali ajrashish imkonini beradi.
Hindistonda yashovchi musulmon ayollarning ma'lum qilishicha, erkaklar bu huquqni ko‘p paytlarda suiiste'mol qiladi va Skype hamda WhatsApp orqali yuborilgan xabarlarda ham «taloq» so‘zini ishlatgan holda ajrashishadi.
Taloq – islomda ajrashish jarayoni bo‘lib, bunday huquqqa erkak kishi egadir. Ayol kishi esa ajrashish haqida shariat qozisiga murojaat qilishi mumkin. Erkak voyaga yetgan, aqli joyida va o‘z xohishiga ko‘ra ajrashishi lozim.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025