Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada prezidentni bitta uzoq muddatga saylash taklif etilmoqda
Rossiya prezidenti vakolatlarini uzoqroq bo‘lsa-da bitta muddat bilan cheklash kerak, degan fikr ilgari surilmoqda. Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy RIA Novostiga shu haqda bayonot bergan.
Ayni vaqtda, RF saylov qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat fuqarosi prezident lavozimini 6 yildan qatorasiga ikki muddat egallay olmaydi.
"Biz Konstitutsiyaga qat'iy me'yorni kiritishni ko‘p marta taklif qildik – prezident lavozimini faqat bir marta egallash. Mayli, u 5 yil, 6 yoki 7 yil bo‘lsin, ammo faqat bir marta", — degan Jirinovskiy.
"Olti yildan ikki muddat – bu juda ham ko‘p, yana, bir saylovni o‘tkazib yuborgach, bu lavozimga uchinchi va to‘rtinchi marotaba qaytish imkoniyati ham mavjud", — deya qayd etgan siyosatchi.
Ma'lumki, Jirinovskiy 2018 yilgi prezidentlik saylovlarida yana bir bor kuchini sinab ko‘rishi haqida allaqachon bayonot bergan. U bundan avval, 1991, 1996, 2000, 2008 va 2012 yillardagi prezidentlik saylovlarida ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025