Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘rmon yong‘inlaridan ko‘rilgan zarar 9 mlrd rubldan ortiqni tashkil etmoqda
2017 yilda Rossiyadagi o‘rmon yong‘inlaridan ko‘rilgan iqtisodiy talofat taxminan 9,5 mlrd rublni tashkil etadi. Bu o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 3 baravar kam demakdir. Bu haqda RF tabiiy zaxiralar va ekologiya vaziri o‘rinbosari, Rossiya o‘rmon xo‘jaligi rahbari Ivan Valentik "Rossiyskaya gazeta"ga bergan intervyusida so‘z yuritdi.
"Biz daraxtlar soni va yong‘inni o‘chirishga sarflangan xarajatlarni hisoblaymiz. Shuningdek, bevosita zarar hisoblanmaydigan, balki fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha aniqlanadigan zararlarni ham shunga kiritamiz", — deya aniqlik kiritgan Valentik.
Rossiya o‘rmon xo‘jaligi rahbarining fikricha, asosiy talofat pul miqdori bilan emas, aksincha ekologiyaga yetkazilgan zarar bilan o‘lchanadi. Uning xotirlatishicha, Rossiyadagi o‘rmon yong‘inlarining 4/5 qismiga inson omili sabab bo‘ladi. Bu yil esa o‘t balosidan ko‘proq Sibir va Uzoq Sharq mintaqasi zarar ko‘rgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025