Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zahiriddin Muhammad Boburning “Devoni Bobur” qo‘lyozmasi nusxasi O‘zbekistonga topshirildi
Rasmiy tashrif dasturiga binoan 2017 yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Dehli shahrida Hindiston Milliy muzeyiga tashrif buyurdi.
Mazkur muzey mamlakatning asosiy tarixiy-badiiy xazinasi hisoblanib, u qadimgi yodgorliklarning boy kolleksiyasi, o‘tmishdagi sivilizatsiyalarning arxeologiya boyliklari hamda madaniyat va etnik xilma-xillik eksponatlarini o‘zida jamlagan.
Hozirgi kunda muzeyda 200 mingdan ortiq hind va xorij san'ati namunalari saqlanadi.
Mehmonlar Markaziy Osiyo buyumlariga bag‘ishlangan va mintaqamizning Hindiston bilan bog‘lovchi ko‘p asrlik va samarali aloqalari haqida guvohlik beruvchi maxsus galereya bilan tanishtirildi.
Davlat rahbarining o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy boyliklari namunalarini Vatanga qaytarish to‘g‘risidagi topshirig‘ini bajarish doirasida O‘zbekiston Elchixonasi Hindiston tomoni bilan Milliy muzeyda saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Boburning 1528 yilda yozilgan “Devoni Bobur” qo‘lyozmasining va 1640 yilda chizilgan “Shaxzoda Dori Shikohning to‘y marosimi” miniatyurasining nusxalarini O‘zbekiston tomoniga rasman topshirish masalasini kelishib oldi.
Ekspozitsiya bilan tanishib chiqilgach, Hindiston Milliy muzeyi Bosh direktori Budha Rashmi Mani O‘zbekiston delegatsiyasiga yuqorida qayd etilgan qo‘lyozma va miniatyura nusxalarini rasman topshirdi. Ular O‘zbekiston Davlat tarix muzeyiga joy oladi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025