Jahon | 09:45 / 23.08.2017
7288
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR jangovar kallaklar va raketa dvigatellari ishlab chiqarishni ko‘paytiradi

Foto: Reuters

KXDR yetakchisi Kim Chen In kimyoviy materiallar ilmiy institutiga bordi va qattiq yoqilg‘idagi raketa dvigatellari hamda jangovar kallaklar ishlab chiqarishni ko‘paytirish haqida buyruq berdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar qilmoqda.

«Uning buyrug‘iga ko‘ra, institut qattiq yoqilg‘idagi raketa dvigatellari va uglerod hamda aralash materiallardan foydalangan holda jangovar kallaklar ishlab chiqarishni ko‘paytiradi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Pxenyan AQSh va Janubiy Koreyaning harbiy mashqlarini kuzatayotgani hamda fitna harakati ro‘y beradigan bo‘lsa, ogohlantiruvchi zarba berishga tayyorligi ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid