Sport | 17:19 / 23.08.2017
10094
1 daqiqa o‘qiladi

Runi xalqaro maydondagi faoliyatini yakunladi

«Everton» hujumchisi Ueyn Runi rasman Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda terma jamoasi rasmiy tvitteri xabar tarqatmoqda.

Runi milliy terma jamoa safida 2003 yildan buyon to‘p surib kelayotgandi. Uning debyut uchrashuvi 17 yoshida kuzatilgan bo‘lib, Angliya terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushgandi.

Runi terma jamoa safida 119 uchrashuvda maydonga tushib, 53 golga mualliflik qildi. U gol kiritish bo‘yicha terma jamoa rekordchisi bo‘lsa, o‘tkazgan o‘yinlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid